• ...

    ПРЕЗИДЕНТ МАКТАБЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ ТЎҒРИСИДА


  • ...

    PREZIDENT MAKTABLARINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA


  • ...

    О МЕРАХ ПО ОБРАЗОВАНИЮ ПРЕЗИДЕНТСКИХ ШКОЛ


  • ...

    CHAKANA SAVDO VA XIZMAT KO‘RSATISH SOHASIDA NAZORAT-KASSA TEXNIKASIDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA


  • ...

    ПРЕЗИДЕНТ МАКТАБЛАРИ ТЎҒРИСИДА НИЗОМНИ ТАСДИҚЛАШ ҲАҚИДА


Prezident maktablarida bepul umumiy oʻrta taʼlim beriladi. Prezident maktablarini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ta’lim jarayonida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali iqtidorli bolalarni aniqlash va o‘qitish tizimini shakllantirish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ma’naviy boy va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash kafolatlarini ta’minlashdan iborat.

Asosiy vazifalarimiz

  1. iqtidorli bolalarni aniqlash, tanlash va oʻqitish, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek oʻquvchilarning intellektual, ilmiy va ijodiy salohiyatini ochib berish;
  2. tabiiy va aniq fanlarni chuqur oʻrganish, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalarini oʻzlashtirishni tashkil qilish, oʻquvchilarning innovatsion gʻoyalari va ishlanmalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
  3. oʻquvchilarni oʻqitish va ular bilimini baholashning zamonaviy uslublarini, shuningdek taʼlim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan oʻqitishning fanlararo yondashuvini joriy qilish va keyinchalik ijobiy tajribani respublika xalq taʼlimi tizimiga tatbiq etish;
  4. oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularda yetakchilik koʻnikmalari va notiqlik sanʼatini rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash, olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllash boʻyicha malakasini oshirish;
  5. oʻquvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha xalqaro olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalarda munosib ishtirokini taʼminlash;
  6. oʻquvchilarda vatanparvarlik va Vatanga muhabbat tuygʻusini, bagʻrikenglik, qonunlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini, hayotga qatʼiy ishonch va qarashlarni shakllantirish;
  7. oʻquv dasturlarining uzluksizligini taʼminlash masalalarida xuddi shu yoʻnalishdagi milliy va xorijiy umumiy oʻrta va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning ilgʻor xorijiy oliy oʻquv yurtlarida va ularning respublikamizdagi filiallarida oʻqishini davom ettirish.
Tashkil etilgan sana: 2019 yil.
Joylashishi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li ko‘chasi 31 uy
Direktor: Shermatov To‘raboy Yusupboyevich
Bog‘lanish uchun +9989 71 207-99-98
Sayt: «https://pm.piima.uz
Elektron pochta: prmtd@piima.uz
Ixtisosligi; Tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar, muhandislik va axborot texnologiyalari
Ta’lim ko‘rinishi: aralash (o‘g‘il va qiz bolalar birgalikda o‘qitiladi)
Ta’lim tili: o‘zbek va ingliz tillari
Sinflar: 5-sinfdan 11 -sinfgacha
O‘qituvchilar soni: Mahalliy 29 ta, chet ellik 12 ta
O‘quvchilar soni: maktab 168 o‘ringa mo‘ljallangan 24 nafar bitiruvchi 118 nafar o‘quvch mavjud 2021-2022 o‘quv yilida 48 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.
Ovqatlanish: 5 mahal ovqatlanish, bepul
Maktab formasi: klassik uslubdagi forma, bepul
Yotoqxona: 3 qavatli yotoqxona, bepul
Jihozlash va uskunalar: Maktabimiz standart texnik maktab jihozlaridan tashqari, nazariy bilimlarni amalda mustahkamlash uchun maxsus ishlab chiqilgan uskunalar bilan boyitilgan. STEAM fanlari uchun maxsus jihozlangan zamonaviy o‘quv xonalarga ega. So‘nggi rusumdagi texnologiyalar bilan jihozlangan komptuter sinflari o’quv maqsadlariga mo’ljallangan bo‘lib, o’quvchilar darsdan tashqari vaqtda ham kompyuterda izlanish olib borish imkoniyatiga egalar. Har bir o‘quv sinfida Smartboardlar bor.
Yaratilgan sharoitlar: Maktabda tibbiyot honasi mavjud bo‘lib o‘quvchilar sog‘liqlari doimiy nazoratda, o‘quv muassasasida sportga katta e’tibor beriladi. Maktabning sport majmuasi barcha zarur sport anjomlari bilan ta’minlangan, cho‘milish havzasi, basketbol va futbol maydonchalari o‘quvchilar ixtiyorida. Maktabda o‘quvchilar o‘rtasida turli sport musobaqalari o‘tkazilib kelinadi. Maktab kutubhonasida badiiy va o‘quv adabiyotlari mavjud bo‘lib o‘quvchlar ulardan o‘larining bo‘sh vaqtlarida foydalanib kelishmoqda.
Bitiruvchilar to‘g‘risida ma’lumot: 24 nafar bitiruvchidan 9 nafari Yangi o‘zbekiston universitetiga xujjat topshitgan, 3 nafari O‘zbekistondagi xorijiy ta’lim muassasalarninig muddatdan oldin talabasi bo ‘lishdi. 12 nafar o‘quvch Chet eldagi nufuzli ta’lim muassasalarinig grantlarini qo‘ga kiritishga. Ularda 6 nafari “El yurt umidi” jamg‘masini garantlarini ham qolga kiritib AQShda ta’lim olishni boshlagan.