Muhbir: Sahatova Ra’no

Mehmon: Muksinova Nigora

Assalomu alaykum!

Keling suhbatimizni boshlaymiz.

— Shu kasbni tanlashingizga kim yoki nima sabab bo’lgan?

— Ustozim va onam sababchi bo’lganlar deb o’ylayman. Onam tarafdan deyarli barcha ustozlar bo’lishgan. Shuning uchun men ham o’qituvchi bo’lishga qaror qilganman.

— Agar hayotingiz haqida kitob yozilganda u qaysi janrda bo’lgan bo’lardi?

— Roman janrida bo’lgan bo’lardi. Chunki mening hayotimda juda ko’p qiziq voqealar yuz bergan. Shaxsiy hayotimda, studentlik davrimda, maktab davrimda, ishda juda ko’p voqealar bo’lgan. Shuning uchun u hikoya emas roman bo’lardi.

— Hayotingizning eng quvonchli nuqtasi…

— Hayotimda quvonchli nuqtalar ko’p bo’lgan. Masalan, shaxsiy hayotimda farzandlarimning dunyoga kelishi, mehnat faoliyatimda esa sizlar bilan uchrashishimni hayotimning quvonchli nuqtasi deb ayta olaman.

— Bo’sh vaqtingizda nimalar bilan shug’ullanasiz?

— Bo’sh vaqtimda kitob o’qiyman, o’zimning ustimda ishlayman, har bir daqiqadan samarali foydolanishga harakat qilaman. Hozirgi vaqtda ingliz tilini o’rganmoqdaman.

— Nima deb o’ylaysiz atrofingizdagi insonlar sizni qanday tasvirlashgan bo’lardi?

— Menimcha meni yuvosh, yumshoq, xushmuomala, deb tasvirlashsa kerak. Chunki hayotim davomida buni menga ko’p aytishgan. Masalan, o’quvchilardan ham ehitganman. To’g’ri bu yaxshi hislat, ammo men buni aytishga ko’pincha tortinaman.

— Hayotingizdagi nimanidir o’chirish kerak bo’lganda nimani o’chirgan bo’lar edingiz?

— Men hech narsani o’chirmagan bo’lardim. Tan olish kerakki, hayotimda yomon kunlar ham bo’lgan. Menimcha, yomon kunlar Alloh tomonidan berilgan bir sinov. Men shu sinovlardan o’tishim kerak ekan, o’tdim ham. Hayotning haqiqiy mag’zini, uning qadr-qimmatini bilish uchun insonning hayotida og’ir kunlar ham bo’lishi kerak ekan. Agar hayotda faqat yaxshi kunlar bo’laversa, hayotning qizig’I qolmaydi. Yaxshi kunlarning qadriga yetishishimiz uchun ham og’ir kunlar kerak deb o’ylayman.

Kasbingizning yaxshi va yomon taraflari..

— Yaxshi taraflaridan boshlasam, bilasizmi men har doim o’quvchilarning ko’zlariga qarasam ularning ko’zlaridan nur taralayotganini sezaman. Bularni ko’rib o’zimning fanimga mehrim oshib ketaveradi. Ularning har bir aytgan rahmati men uchun juda yoqimli. Hatto o’quvchilar maktabni bitirshganda ham meni ko’chada ko’rib qolishsa, oldimga kelib rahmat aytishlari, hatto meni eslab qolishgani meni quvontiradi. Men ularga necha yillardan beri dars bermayotgan bo’lsam ham ular haligacha meni hurmat qilishlari qandaydir yoqimli hissiyot beradi. Men buni mening yutug’im deb bilaman. Chunki men shunchalik ularning qalbidan joy olgan ekanmanki, ular meni haligacha hurmat qilishadi.

Yomon tarafi esa o’quvchilar bilan ayrilish. Baribir vaqti soati kelar ekan, sizga qadrli bo’lgan o’quvchilar birpasda katta bo’lib, maktabni bitirishayotganda ular bilan xayrlashish og’ir bo’lar ekan.

 

Tezkor savol-javob:

— Sizni eng ta’sirlantirgan kitob?

— Charlotte Bronte “Jane Eyre”

— Qaysi rangni yoqtirasiz?

— Yashil.

— Qaysi taomni sevib iste’mol qilasiz?

— O’zbek milliy taomlaridan oshni yaxshi ko’raman.

Yevropa taomlaridan steykni yoqtiraman.

— Hobbiyingiz nima?

— Avvallari rasm chizishni yaxshi ko’rardim, hozir esa kitob o’qish bilan bandman.

— Eng ko’p ishlatadigan so’zingiz?

— Я тебя люблю!

image2
Muksinova Nigora (o’ng tarafda)