Ta'lim tizimi bosqichlari
5-7 sinflar
Quyi oʻrta ta'lim bosqichi
- Oʻzbek milliy fanlari
- Cambridge Checkpoint
- ESL & Global Perspectives
- Science & ICT
8-9 sinflar
IGCSE xalqaro sertifikati
- Oʻzbek milliy fanlari
- Cambridge Checkpoint
- ESL & Global Perspectives
- Science & ICT
10–11 sinflar
AS & A Level ixtisoslashuv
- Oʻzbek milliy fanlari
- Cambridge Checkpoint
- ESL & Global Perspectives
- Science & ICT
Maktabda ta’lim uch tilda — o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. O‘quv dasturi O‘zbekiston milliy o‘quv dasturi hamda xalqaro ta’lim standartlarini, jumladan Cambridge Assessment International Education (CAIE) va Pearson Edexcel dasturlarini o‘z ichiga oladi.
Xalqaro fanlar ingliz tilida o‘qitilib, dars jarayonida mahalliy va xorijiy o‘qituvchilar birgalikda faoliyat yuritadi.
5–7-sinf o‘quvchilari Cambridge dasturi asosida matematika, ingliz tili, tabiiy fanlar, kompyuter fanlari va global istiqbollar fanlarini o‘rganadilar.
8–9-sinflarda o‘quvchilar IGCSE dasturi bo‘yicha tahsil olib, keyingi bosqichdagi AS va A Level dasturlariga tayyorlanadilar.
10–11-sinflarda esa o‘quvchilar o‘z qiziqishlariga ko‘ra fanlarni tanlab, AS va A Level xalqaro dasturlari asosida ta’lim oladilar. Shu bilan birga, IELTS va SAT imtihonlariga tayyorgarlik ko‘radilar hamda akademik yozuv ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.