Maktabning uch bosqichli qabul jarayoni juda saralovchan bo‘lib, unda tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish ko‘nikmalari hamda ingliz tili bilimlarini baholovchi ikkita majburiy qobiliyat testi o‘tkaziladi. Har yili o‘rtacha 3 500 nafar abituriyent 5-sinfdagi atigi 24 ta o‘rin uchun raqobatlashadi. Natijada qabul ko‘rsatkichi taxminan 0,7 foizni tashkil etadi. Qabul jarayonining shaffofligi va xolisligini ta’minlash maqsadida, Kembrij xalqaro ta’limni baholash tashkiloti imtihon materiallarini taqdim etadi hamda qabul imtihonlarining butun jarayonini to‘liq nazorat qiladi.
4-sinf bitiruvchilari 5-sinfga qabul qilinadi. STEAM fanlaridan (Matematika, Tabiatshunoslik) yillik baholar "5" (a'lo) bo'lishi shart.
O'quvchi faqat o'zi ta'lim olayotgan hududdagi (viloyatdagi) Prezident maktabiga hujjat topshira oladi.
Hujjatlar ariza.piima.uz yoki my.gov.uz orqali 25-maydan 14-iyungacha qabul qilinadi. 3x4 rasm va tabel nusxasi talab etiladi.
Matematika fanidan test
30 ta topshiriq
Test shaklida o'tkaziladi.
Toifalar
Savollar A (yengil), B (o'rtacha) va C (murakkab) darajalarga bo'linadi.
90 daqiqa
Vazifalarni bajarish uchun vaqt ajratiladi.
Imtihon tarkibi:
Tanqidiy fikrlash
16 ta masala
Ingliz tili
40 ta test
Mantiqiy matematika
24 ta masala
Jami vaqt
150 daqiqa
Ustunlik tartibi
1. Muammoni yechish (Mantiq), 2. Tanqidiy fikrlash, 3. Ingliz tili (Reading), 4. Ingliz tili (Grammar)
* 1-bosqich: 20 kun ichida.
2-bosqich: 30 kun ichida.
Eslatma: Natijalar qayta ko'rib chiqilmaydi (apellyatsiya yo'q).
2-bosqichda o'qishga kira olmagan dastlabki 48 nafar o'quvchi o'zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabga imtihonsiz qabul qilinadi.