Kelajak yetakchilarini bugundan tayyorlaymiz

President maktabi — iqtidorli yoshlar uchun zamonaviy bilim, xalqaro standartlar va kuchli tarbiya uyg‘unlashgan ta’lim maskani. Biz global fikrlaydigan, mas’uliyatli va raqobatbardosh avlodni yetishtiramiz.

Toshkent shahridagi prezident maktabi

"Biz mamlakatimizni yangi bosqichga ko'tarishni maqsad qilgan ekanmiz, buni birinchi navbatda ta'lim va tarbiya rivoji bilan bog'laymiz. Prezident maktablari - bu yangi O'zbekiston poydevorini barpo etadigan, mamlakatimizni yorug' kelajakka yetaklaydigan intellektual elita maskanidir."


Shavkat Mirziyoyev

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti

Biz haqimizda

Maktab haqida umumiy ma'lumot

Toshkent shahridagi Prezident maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-sonli qarorga muvofiq tashkil etilgan. Mazkur ta’lim muassasasi mamlakatimizda iqtidorli bolalarni aniqlash, ularga ilgʻor texnologiyalar asosida jahon standartlariga mos ta'lim-tarbiya berish maqsadida ochilgan ilk namunaviy maktab hisoblanadi. Maktab internat (boarding school) tizimida faoliyat yuritadi. Unda oʻquvchilar haftasiga besh kun davomida to'liq yotoqxona, bepul oziq-ovqat va maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlangan holda maktab hududida yashab, tahsil oladilar.

Batafsil maʻlumot
Maktab binosi

TOSHKENT SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI

Maktab ko‘rinishi

Taʻlim

5–11-sinflar

milliy va xalqaro fanlarni o‘zlashtirish

Tillar

Ingliz tili (EFL), o‘zbek tili, rus tili;

Gumanitar fanlar

O‘zbekiston tarixi, jahon tarixi, zamonaviy yondashuv.

AS va A darajalar

matematika va tanlov fanlari (kimyo, fizika, biologiya va informatika)

IGCSE fanlari

Matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika

Qabul
1-qadam: Tanishib chiqish

Maktab va dasturlar haqida ma’lumot oling

2-qadam: Ariza topshirish

Arizani to'ldiring va jo'nating

3-qadam: Imtihon

Imtihonlarda ishtirok eting

4-qadam: Natijalarni olish

Safimizga qo'shiling

Hoziroq ariza berish

Bizning hamkorlar