Muloqotning asosiy e’tibori maktubda bayon etilgan fikrlarning yoşlar hayotidagi örni, ularning şaxsiy kamolot va kelajakdagi muvaffaqiyatlarga ta’siriga qaratildi.

Öquvçilar ilm olişni hayotiy ehtiyojga aylantiriş, vaqtni unumli sarflaş, xorijiy tillarni puxta örganiş, boşlangan işda qat’iyat körsatiş hamda har qanday qiyinçilikdan saboq çiqariş kabi fazilatlar yuzasidan fikr almaşdilar.

Şuningdek, bugungi tezkor axborot asrida zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellektdan töğri foydalaniş, raqamli imkoniyatlarni bilim va intellektual salohiyatni oşirişga yönaltiriş masalalari ham muhokama qilindi.

Davra suhbati öquvçilarga öz kelajagi, oldiga qöygan maqsadlari va jamiyat oldidagi mas’uliyati haqida yana bir bor muşohada yuritiş imkonini berdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

25/11/2026

12