1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz qatorida Toshkent shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o’qituvchisi Xudoyberdiyev Dilshod Anorboy o‘g‘li “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi mazkur mukofot bilan taqdirlangan Dilshod Xudoyberdiyevni samimiy muborakbod etadi. Unga bildirilgan ushbu yuksak ishonch va e’tirof uning ta’lim-tarbiya sohasidagi fidokorona mehnati, tashabbuskorligi hamda yosh avlodni barkamol insonlar etib voyaga yetkazish yo‘lidagi sa’y-harakatlarining munosib qadrlanganidan dalolatdir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
01/10/2026
5