Ushbu musobaqada Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda maktab-internatlarida tahsil olayotgan 8-, 9- va 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida voleybol, mini-futbol, stol tennisi hamda shaxmat yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Musobaqaning asosiy maqsadi — o‘quvchi-yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, jamoaviy o‘yinlar orqali sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashdan iborat.

Bugun Toshkent shahridagi Prezident maktabida, poytaxtda joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablar jamoalari ishtirokida musobaqaning 1-sektor bosqichi doirasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

19/09/2026

10