Musobaqaning asosiy maqsadi — o‘quvchi-yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda jamoaviy o‘yinlar orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat.
Ayni damda Toshkent shahridagi Prezident maktabida hududiy bosqich o‘yinlari doirasida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Shayxontohur tumani ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoalari o’zaro bellashmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
10/10/2026
19