Joriy yilning 22–27-iyul kunlari Mo‘g‘ulistonda bo‘lib o‘tgan Xalqaro matematika musobaqasi (International Mathematics Competition – IMC)da Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Jahongir Farhodov bronza medalini qo‘lga kiritdi
➖Mazkur nufuzli xalqaro musobaqada dunyoning 32 ta davlatidan 600 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi. IMC maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan xalqaro matematika bellashuvlaridan biri bo‘lib, unda ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, murakkab masalalarni yechish hamda matematik bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazadilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
14/08/2026
2