Interaktiv va samimiy ruhda o‘tgan mashg‘ulot davomida spiker zamonaviy ta’lim metodikasi, o‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish hamda kasbiy mahoratni oshirishning muhim jihatlari bilan bo‘lishdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olib, kelgusidagi pedagogik faoliyatlari uchun qimmatli tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

Ma’lumot uchun, ushbu uchrashuv Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti hamda Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida amalga oshirildi. Mazkur mahorat darslari o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

16/09/2026

6