Tadbir davomida maktabning to‘rtta jamoasi tomonidan turli viloyatlarga xos palov turlari tayyorlandi. Hakamlar hay’ati tomonidan baholangan bellashuv yakunida g‘olib jamoalar e’tirof etildi.

Xalqaro almashinuv dasturi doirasida Toshkent shahridagi Prezident maktabida tahsil olayotgan yaponiyalik o‘quvchilar ham tadbirda ishtirok etib, o‘zbek milliy taomlaridan biri — palovni tayyorlash an’analari va usullari bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu tadbir o‘quvchilarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘zbek xalqining boy madaniy merosini keng targ‘ib etish, shuningdek, yoshlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

17/10/2026

12