Muloqotda Toshkent shahridagi bir qator maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari bevosita, hududlardagi o‘quvchilar, shuningdek, 20 dan ortiq oliy ta’lim muassasasi talabalari esa onlayn tarzda ishtirok etdi.
Tadbir davomida “El-yurt umidi” jamg‘armasining faoliyati, xorijning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatlari, stipendiya dasturlari va ularda ishtirok etish shartlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, xorijda ta’lim olish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, xalqaro tajriba orttirish hamda kelajakdagi kasbiy maqsadlarni belgilash yuzasidan ham fikrlar almashildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
14/10/2026
7