Tadbir avvalida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mehriniso Toshpulatova so‘zga chiqib, barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangi dastur va tashabbuslar ustozlarning samarali faoliyat yuritishi uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratayotgani, bu esa jamiyatimizda ustozlik kasbiga bo‘lgan yuksak e’tibor va hurmatning amaliy ifodasi ekanini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan ustoz va murabbiylarga atalgan kuy-qo‘shiqlar, she’riy parchalar hamda turli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Mazmunan boy va ijodiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ustozlarga bo‘lgan samimiy hurmat va ehtiromni yorqin ifoda etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
03/10/2026
6