Yig‘ilishda yangi o‘quv yilining ustuvor maqsad va vazifalari, o‘quvchilarning akademik natijalarini yanada yaxshilash, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, xavfsizlik va ichki tartib-qoidalarga rioya etish, shuningdek, maktab–oila hamkorligini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, o‘quvchilarning nufuzli xorijiy oliygohlarga hujjat topshirish jarayonida muhim ahamiyatga ega CAS portfoliolarini boyitish, kasbga yo‘naltirish bo‘yicha mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda loyiha ishlariga ilmiy yondashuvni kuchaytirish orqali o‘quvchilarni global raqobat muhitiga tayyorlash bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
16/09/2026
12