Dastavval, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Prezident maktablari bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi Ma’mura Yusupova so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari hamda ustoz-murabbiylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Hamda Toshkent shahridagi Prezident maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Mehriniso Toshpulatovaga O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi esdalik ko‘krak nishonini topshirdi.
Shundan so‘ng, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori Xumoroy Ashirova hamda akademik direktor Anmarie Anderson so‘zga chiqib, o‘quvchilar, ularning ota-onalari va pedagoglarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdilar.
Tadbirdan so‘ng “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori asosida “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi. Darslar davomida o‘quvchilarga Vatan, istiqlol va milliy qadriyatlarimiz haqida muhim ma’lumotlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
16/09/2026
9