Sevimli asaringiz muallifiga o‘zingizni qiziqtirgan savollarni bevosita berish — kitobxon uchun o‘zgacha zavq! Samimiy suhbat davomida o‘quvchilar «Galaktikada bir kun» asari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga muallifning o‘zidan javob oldilar. Shuningdek, asarning yaratilish tarixi va ijodkorning adabiy qarashlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv yakunida Sa’dullo Quronov o‘quvchilarga kitobning yangi nashrini sovg‘a qildi. Endi asarni mutolaa qilishning zavqi yanada o‘zgacha! Axir muallif bilan yuzma-yuz suhbatdan so‘ng tanish sahifalarni qayta varaqlash, ulardagi yangi ma’no va g‘oyalarni kashf etishning gashti bo‘lakcha.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
23/10/2026
21