Trening davomida o‘quvchilarning bir-birlarini yaqindan tanishi, o‘zaro ishonch va hurmatni rivojlantirish, jamoada samarali muloqot qilish, hamkorlikda qaror qabul qilish, shuningdek, yangi muhitda o‘zlarini erkin va ishonchli his etishlariga qaratilgan interfaol mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mazkur trening o‘quvchilarning maktab hayotiga psixologik moslashuvini qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish hamda ahil va hamjihat sinf jamoalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

24/09/2026

8