O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda mutolaa orqali mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan mazkur tadbirda Nurafshon Prezident maktabining bir guruh o‘quvchilari va ustozlari ham ishtirok etdilar.

📚Davra suhbati davomida ishtirokchilar o‘zbek adabiyotining nodir namunalaridan biri — Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani yuzasidan fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdilar. Asardagi qahramonlarning xarakteri, ularning hayotiy qarashlari, asarda aks etgan tarixiy davr va ijtimoiy munosabatlar atroflicha muhokama qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

23/10/2026

20