Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Nodira Mahmudova hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Sherzod Akxodjayev tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi bellashuvda maktabning 6-01 va 6-02 “Mirzo Ulug‘bek” sinflari o‘zaro kuch sinashdilar.
Jamoalar sport maydonidagi chaqqonlik va epchillikni namoyish etish bilan bir qatorda, o‘zbek tili grammatikasi hamda adabiyotiga oid murakkab, ammo qiziqarli shartlarni ham bajarishdi.
Bunday integratsiyalashgan loyihalar o‘quvchilarda jamoaviy birdamlikni mustahkamlash, tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ona tilimizga bo‘lgan qiziqish yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
29/09/2026
10