Shundan so‘ng, kuni kecha xalqaro almashinuv dasturi doirasida Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurgan Hiroshima Global Academy o‘quvchilari hamda ularning ustozi maktab jamoasiga tanishtirildi.

Shuningdek, “Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbar kubogi” sport musobaqalarining shaxmat yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent shahar bosqichida faol ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchimiz Bunyod Aslonov maktab ma’muriyati tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, Hiroshima Global Academy maktabining 6 nafar o‘quvchisi Toshkent shahridagi Prezident maktabida bir oy davomida tahsil oladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

28/09/2026

13