o‘zaro hamkorlik va do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan “Milady Club” loyihasi doirasida navbatdagi mashg‘ulot tashkil etildi.
Bu galgi mashg‘ulotda 5-sinf o‘quvchi qizlari birgalikda salat tayyorladilar. Mashg‘ulot davomida ular mahsulotlarni tayyorlash, vazifalarni o‘zaro taqsimlash va jamoa bo‘lib ishlash orqali amaliy ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Samimiy muloqot, o‘zaro yordam va hamkorlik muhitida o‘tgan mashg‘ulot qizlarning nafaqat kundalik hayot uchun zarur ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki jamoada ishlash, bir-birini qo‘llab-quvvatlash va do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga ham xizmat qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
13/10/2026
25