Ta'lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabiga Yamani Seyed Mehrdad Seyed Hassan akademik direktor (o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari) lavozimiga tayinlandi. U 2021-yildan buyon Prezident maktablari tizimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi Yamani Seyed Mehrdad Seyed Hassanni yangi lavozim bilan tabriklaydi hamda maktab faoliyatini rivojlantirish, ta’lim sifatini yanada oshirish va o‘quvchilar salohiyatini yuksaltirish yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi!
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
12/10/2026
31