Tashrif davomida delegatsiya a’zolari maktabdagi zamonaviy ta’lim tizimi, yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quvchilarning bilim olish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, ular o‘quvchilar bilan samimiy muloqot qilib, ularning yutuqlari va innovatsion loyihalari haqida ham ma’lumotlar oldilar.
Mehmonlar Prezident maktablarida yosh avlodning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yuqori baholab, bunday ta’lim maskanlari xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
16/09/2026
19