Hiroshima Global Academy o‘quvchilari Toshkent shahridagi Prezident maktabi mas’ullari tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

Mazkur xalqaro almashinuv dasturi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda ilk marotaba amalga oshirilayotgan bo’lib, dastur doirasida Toshkent shahridagi Prezident maktabining 6 nafar o‘quvchisi Yaponiyaning Hiroshima Global Academy maktabida bir oy davomida tahsil oladi. O‘z navbatida, Hiroshima Global Academy maktabining 6 nafar o‘quvchisi Toshkent shahridagi Prezident maktabida bir oy davomida ta’lim oladi.

Ushbu almashinuv dasturi o‘quvchilarning xalqaro tajriba almashishi, turli madaniyatlar bilan yaqindan tanishishi hamda o‘zaro do‘stona aloqalarni mustahkamlashiga xizmat qilishi shubhasiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

27/09/2026

11