Mazkur xalqaro almashinuv dasturi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda ilk marotaba amalga oshirilmoqda. Dastur doirasida Toshkent shahridagi Prezident maktabining 6 nafar o‘quvchisi Hiroshima Global Academy maktabida bir oy davomida tahsil oladi. O‘z navbatida, Hiroshima Global Academy maktabining 6 nafar o‘quvchisi Toshkent shahridagi Prezident maktabida bir oy davomida ta’lim oladi.

Bu kabi almashinuv dasturlari o‘quvchilarning xalqaro tajriba almashishi, turli madaniyatlar bilan yaqindan tanishishi, dunyoqarashini kengaytirishi hamda o‘zaro do‘stona aloqalarni mustahkamlashiga xizmat qilishi shubhasizdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

07/10/2026

4