Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning musiqa va san’at sohasidagi bilim hamda ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston davlat konservatoriyasining ta’lim jarayoni, mavjud imkoniyatlari, professor-o‘qituvchilar faoliyati hamda musiqa va san’at yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, mazkur tashrifda Yaponiya davlatidan almashinuv dasturi doirasida Toshkent shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurgan 6 nafar o‘quvchi ham ishtirok etdi. Ular uchun ushbu tashrif O‘zbekistonning boy musiqa va san’at merosi bilan yaqindan tanishish, milliy madaniyatimizning o‘ziga xos jihatlarini anglash uchun muhim imkoniyat bo‘ldi, deyish mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

02/10/2026

4