Sayfullo Saidov

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Sayfullo Saidov QS jahon universitetlari reytingida 17-o‘rinda turadigan Princeton universitetiga 350 000 AQSH dollari miqdoridagi grant asosida muddatidan oldin o‘qishga qabul qilingan va hozirda mazkur universitetda tahsil olmoqda.

Ma’lumot uchun: Sayfullo Saidov SAT imtihonidan 1520 ball, IELTS imtihonidan 8,5 ball, JLPT (yapon tili bo‘yicha xalqaro sertifikat) imtihonidan esa N1 darajasini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u “Zakovat O‘quvchilar Ligasi”ning 2022–2023 o‘quv yili mavsumi mutlaq g‘olibi — “Et Cetera” jamoasi a’zosi hisoblanadi.


O'quvchi